Maxfiylik siyosati
1. Ma'lumotlarni kim qayta ishlaydi
<<EGASI>> (keyingi o'rinlarda «biz»). Aloqa: <<EMAIL>>.
2. Qanday ma'lumot to'playmiz
Faqat siz izoh qoldirganingizda:
- siz kiritgan ism (taxallus bo'lishi mumkin), izoh matni va baho;
- izoh yuborilgan sana va vaqt.
Biz ro'yxatdan o'tishni so'ramaymiz va telefon raqami, pasport yoki to'lov ma'lumotlarini to'plamaymiz.
3. Faqat qurilmangizda qoladigan ma'lumot
Saqlanganlar ro'yxati, ko'rish tarixi (qayerda to'xtaganingiz), qo'ygan bahoyingiz, tanlangan til va izoh uchun yozgan ismingiz brauzeringiz xotirasida (localStorage) saqlanadi va bizga yuborilmaydi. Brauzer ma'lumotlarini tozalasangiz, ular o'chadi.
4. Texnik ma'lumotlar va uchinchi tomon xizmatlari
Sayt quyidagi xizmatlardan foydalanadi. Sahifa so'ralganda ular IP manzilingiz va brauzer turini o'z qoidalariga ko'ra qayd etishi mumkin:
- Vercel: sayt hostingi;
- Supabase: kontent va izohlar bazasi (server mintaqasi: Singapur);
- Google Fonts, jsDelivr va Plyr: shriftlar va dasturiy kutubxonalar;
- VK Video: ba'zi videolar VK pleyerida ochiladi va VK o'z cookie fayllarini o'rnatishi mumkin.
Biz o'zimiz reklama yoki kuzatuv cookie fayllaridan foydalanmaymiz.
5. Maqsad
Izohlarni saytda ko'rsatish, qoidabuzarliklarni nazorat qilish va saytning ishlashini ta'minlash. Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi shaxslarga bermaymiz.
6. Saqlash joyi va muddati
Izohlar Supabase serverlarida, O'zbekistondan tashqarida saqlanadi. Ular siz o'chirishni so'raguningizcha yoki moderatsiya natijasida o'chirilguncha saqlanadi.
7. Huquqlaringiz
Siz izohlaringiz haqida ma'lumot olish, ularni o'zgartirish yoki o'chirishni so'rash huquqiga egasiz. Buning uchun <<EMAIL>> manziliga izoh qoldirilgan kino nomi, ismingiz va taxminiy sanani yozing.
8. Voyaga yetmaganlar
Voyaga yetmagan bo'lsangiz, izoh qoldirishdan oldin ota-onangiz yoki qonuniy vakilingiz roziligini oling.
9. O'zgarishlar
Ushbu siyosat o'zgartirilishi mumkin. Yangi tahrir shu sahifada e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.