Cho’qintirgan ota (1972) — o'zbek tilida

Sitsiliyalik Korleone mafiya oilasi boshlig'i qarilik pallasiga kiradi. Hokimiyat kenja o'g'li Maykl qo'liga o'tadi. U oila obro'sini saqlab qolish uchun hayotini butunlay o'zgartiradi.

1945-yil, Nyu-York. Sitsiliyadan kelgan mafiya oilasining boshlig'i Vito Korleone qizining to'yida mehmonlarni qabul qiladi. U hurmatli va qudratli odam. Uning oldiga yordam so'rab kelganlarni kamdan-kam rad etadi. Narkotik savdosi bo'yicha taklif Vito'ni raqib oilalar bilan to'qnashuvga olib keladi. Unga suiqasd uyushtiriladi va oilalar o'rtasida qonli urush boshlanadi. Urush qahramonlaridan biri bo'lgan kenja o'g'li Maykl oila ishlaridan uzoq turishni xohlardi. Biroq oilasini himoya qilish uni to'g'ridan-to'g'ri jinoyat dunyosiga olib kiradi. Film Maykl'ning oddiy yigitdan mafiya yetakchisiga aylanishini ko'rsatadi. Film Mario Pyuzoning shu nomli romani asosida suratga olingan. Uch ta «Oskar» mukofoti (jumladan, eng yaxshi film) va ko'plab boshqa mukofotlarni olgan. Kino tarixidagi eng buyuk asarlardan biri hisoblanadi.